Huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligi yangi bosqiçda (+video)
Bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasida samarali hamkorlik munosabatlari yölga qöyilgan bölib, mazkur yönalişdagi özaro hamjihatlik davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qilmoqda.
Uşbu hamkorlikning amaliy natijalaridan biri sifatida huquqni muhofaza qiluvçi organlarning oliy taʼlim taşkilotlari bilan hamkorlikda Konsorsium taşkil etilganini alohida taʼkidlaş joiz. Mazkur tuzilma taʼlim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuçaytiriş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş hamda sohada zamonaviy va innovatsion yondaşuvlarni joriy etişga xizmat qilmoqda.
"Özbekiston — 2030" strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar doirasida taʼlim jarayonini amaliyot bilan uzviy boğlaş, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, Konsorsium faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş hamda uni mintaqada yetakçi, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan markazga aylantiriş maqsadida Jamoat xavfsizligi universitetida oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim muassasalari kursantlari örtasida Spartakiada musobaqalari taşkil etildi.
Spartakiada dasturidan qöl jangi, taktik tösiqlar yölagini yengib ötiş, qurol bilan manipulyatsiya qiliş va taktik harakatlar, dron-reysing, dron-futbol, kiberxavfsizlik böyiça xakaton hamda Counter-Strike 2 musobaqalari örin oldi.
Har bir bellaşuv iştirokçilardan jismoniy kuç va çidamlilik bilan birga, tezkorlik, aniqlik, strategik fikrlaş va yuksak mahoratni talab etdi. Qöl jangi böyiça oltita vazn toifasida ötkazilgan musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi birinçi örinni egalladi. Ikkinçi örin Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga, uçinçi örin Bojxona institutiga nasib etdi.
Qurol bilan manipulyatsiya qiliş va taktik harakatlarni amalga oşiriş, şuningdek, taktik tösiqlar yölagini yengib ötiş bahslarida ham universitet kursantlari barça raqiblaridan ustun kelib, ğoliblikni qölga kiritişdi.
Zamonaviy texnologiyalar yönalişidagi musobaqalarda ham munosib natijalar qayd etildi. Kiberxavfsizlik böyiça xakatonda Jamoat xavfsizligi universiteti birinçi örinni egalladi.
Dron-reysing musobaqasida Quruqlikdagi qöşinlar instituti ğolib bölgan bölsa, dron-futbolda universitet jamoasi birinçi örinni qölga kiritdi. Counter-Strike 2 kibersport musobaqasida esa Bojxona instituti jamoasi ğoliblikni nişonladi.
Şu tariqa, Spartakiada davomida kursantlar özlarining jismoniy imkoniyatlari, bilim va amaliy könikmalari, tezkor qaror qabul qiliş hamda jamoa bilan hamjihatlikda harakatlaniş qobiliyatlarini namoyiş etdilar.
Ayniqsa, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining bir qator yönalişlarda birinçi örinni qölga kiritgani taʼlim muassasasida jismoniy va amaliy tayyorgarlikka qaratilayotgan eʼtiborning amaliy natijasi böldi. Musobaqalar yakunida ğolib va sovrindorlar diplom hamda kubok bilan taqdirlandi. Spartakiada harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim muassasalari kursantlari örtasida döstlik, hamjihatlik va soğlom raqobat muhitini mustahkamlaşga xizmat qildi.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov.ÖzA