Hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati an’analari targ‘ib etilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida o‘tkazilayotgan III Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida ishtirokchilar e’tiboriga milliy hunarmandchilik an’analari va xalq amaliy san’ati namunalari ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda.
Mazkur maydonda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan usta-hunarmandlar tomonidan kulolchilik, zargarlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, to‘qimachilik hamda milliy cholg‘u sozlari tayyorlash an’analariga oid namunalar o‘rin olgan.
Shuningdek, ko‘rgazmaga dutor, tanbur, sato, rubob, g‘ijjak kabi milliy musiqa asboblarini yaratish san’atini aks ettiruvchi eksponatlar ham taqdim etilgan.
[gallery-30107]
III Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasidagi ushbu madaniy tadbir mamlakatimizning boy nomoddiy madaniy merosini namoyish etish, davlatlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash va turizm salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA