Humoyun Sultonov Qatarda chorak finalga chiqdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo‘yicha “M15” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Humoyun musobaqaning 1/8 final bosqichida ruminiyalik Shtefan Paloshi bilan raqobatlashib, yakunda 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.Endi Humoyun Sultonov chorak finalda britaniyalik Ali Xabibga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Shuni ham ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish mumkinki, H.Sultonov ilk bosqichda Bosniya va Gersegovina vakili Mirza Basichni har ikkala setda 7:6 hisobida mag‘lub etgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA