Humoyun Sultonov bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Hindistonning Chandigarh shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSH dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada Humoyun Sultonov chorak final doirasida hindistonlik Siddxart Vishvakarmani 7:6, 6:4 hisobida taslim etdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Endi H.Sultonov yarim finalda yana bir mezbonlar vakili Sasikumar Mukundga qarshi final yo‘llanmasi uchun kortga tushadi. Uchrashuv ertaga, 23-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA