"Humo" uchinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi
Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahridagi "B.Aleksandrov” nomidagi muz saroyida “Torpedo” va “Humo” klublari chempionat doirasida uchinchi o‘yinni o‘tkazdi. Unda “Humo” raqiblarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuni ta’kidlash lozimki, “Humo” 56 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rin esa “Arlan” jamoasiga tegishli va uning hisobida 57 ochko bor. Kuchli uchlikni 47 ochko bilan “Nomad” klubi yakunlab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar dastlab sentyabr oyida o‘zaro o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ularda "Humo" 1:0, 3:2 hisobida zafar quchgan. Bugun "Torpedo" va "Humo" chempionat doirasida so‘nggi to‘rtinchi o‘yinni o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA