«Humo» ochkolarini 4 taga yetkazib oldi
Poytaxtimizdagi «Humo Arena» sport majmuasida xokkey bo‘yicha Yevroosiyo do‘stlik kubogining ikkinchi tur bahslari o‘tkazildi.
Musobaqaning ushbu turida dastlab Belarus sharafini himoya qilayotgan «Brest» klubi 3:2 hisobida Qozog‘istonning «Arlan» jamoasini taslim etgan bo‘lsa, mamlakatimizning «Humo» jamoasi Rossiyaning «AKM» klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, «Humo» ikki o‘yindagi g‘alaba evaziga ochkolarini 4 taga yetkazib, jadvalning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Shuningdek, «AKM» va «Brest» klublari 2 ochko jamg‘arib, ikkinchi-uchinchi o‘ringa joylashdi. «Arlan» esa hali birorta ham ochko jamg‘ara olmadi.


Bugun, 18 avgust kuni Yevroosiyo do‘stlik kubogining uchinchi tur bellashuvlarida «Humo» – «Arlan», «Brest» – «AKM» jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA