"Humo" bronza medali uchun bahslashadi
Rossiyaning Tula shahrida xokkey bo‘yicha "Yevroosiyo do‘stlik kubogi" musobaqasida bugun g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Unda Toshkentning "Humo" xokkey klubi musobaqaning bronza medallari uchun bahs olib boradi. Poytaxtimiz jamoasi mazkur bahsda VXLning o‘tgan mavsumdagi vitse-chempioni AKM klubiga qarshi muzga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanadi.
Musobaqaning final bahsi soat 19:00 da "Neftyanik" va "Metallurg" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida: "Humo" 2024 yilning avgust oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Yevroosiyo do‘stlik kubogi" saralash bosqichida AKMga qarshi o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA