Hukumat isteʼfoga chiqdi
Falastin hukumati rasman isteʼfo berdi.
Falastin hukumati rasman isteʼfo berdi.
Asharq Al-Awsat gazetasi xabariga koʻra, Rami Hamdalla rahbarligidagi Falastin hukumati toʻliq tarkibda isteʼfoga chiqishi boʻyicha iltimosnoma mamlakat Prezidenti Mahmud Abbosga taqdim etilgan. Hukumatning barcha aʼzolari yangi hukumat shakllanguniga qadar oʻz ishida davom etadi.
Avvalroq, Mahmud Abbos tarkibida Falastin ozodlik harakati aʼzolari boʻluvchi yangi hukumat tuzishni tavsiya qilgandi.