Hujjatsiz 19 yil
Ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan juda koʻp fikr bildirilayotgan tizimlardan biri – FHDYO idorasidir.
Ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan juda koʻp fikr bildirilayotgan tizimlardan biri – FHDYO idorasidir.
Chindan bu tashkilot eshigidan odam arimaydi. Tugʻilganlik, nikoh toʻgʻrisidagi guvohnomalarini olish, otalikni belgilash, baʼzida baxtga qarshi nikohdan ajralish yoki oʻlim guvohnomasini olish, fuqarolik holatlari boʻyicha arxiv hujjatlariga ehtiyoj sezganlar ham shu maskan tomon shoshiladi. Chunki, bu idorada aholi murojaatlariga doimo javob topiladi.
Xatirchilik Nargiza Haydarova eʼtiborsizlik tufayli 19 yildan buyon tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini ololmagan. Fuqaroning aytishicha, uning ota-onasi shaʼriy nikohda yashagan, otasi vafotidan soʻng esa “metirka” olishning umuman imkoni boʻlmagan. Yillar oʻtib oʻzi ham oila qurdi, farzandli boʻldi. Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi boʻlmaganligi uchun fuqaroligi yoʻq odamlar qatorida oʻzi ham nikoh hujjatisiz Samarqand viloyatiga kelin boʻldi, farzandi tugʻilganida esa bolasiga ham guvohnoma ololmadi. Chunki, onada pasport yoʻqligi bois farzandga “metrika” olishni qonun taqiqlaydi.
Yillar davomida zanjir kabi bir-biriga bogʻlanib kelayotgan muammolarni bartaraf etishni ahd qilgan N.Haydarova vakolatli idoralarga murojaat bilan chiqdi. Berilgan huquqiy tushuncha va tavsiyalar natijasida 19 yoshida sud qarori bilan Nargiza Haydarova Xatirchi tumani FHDYO boʻlimidan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qoʻliga oldi.
Bugun Xatirchi tumanida 2020-yilning 8 oyi mobaynida Nargiza Haydarova singari fuqarolarning 43 nafariga muddati oʻtgan tugʻilish holati qayd etildi. 3155 ta tugʻilish, 909 ta nikoh rasmiylashtirildi. Fuqarolik holatlari dalolatnoma yozish idoralari Davlat xizmatlari agentligi tizimida ish boshlaganidan buyon soha faoliyati yanayam odamlar eʼtiboriga tushdi. Nazarimda, aholi ishonchini oqlash uchun fuqarolarga yana-da masʼuliyat bilan xizmati koʻrsatishimiz lozim. Toki, FHDYO idorasiga kirgan odam tezkor va sifatli xizmatdan mamnun boʻlsin.
Manzura QOʻLDOSHEVA
Xatirchi tumani FHDYO boʻlimi mudirasi