«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning rasmiy munosabati
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr tarmoqlari Distpecherlik markazida bir guruh fuqarolarning navbatchi dispetcher bilan o‘zaro janjali aks etgan video tarqaldi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mazkur hodisa yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, ikki yil avval 2020 yilning 27 fevral kuni Zangiota tuman elektr ta’minoti korxonasi dispetcherlik xonasiga bir guruh fuqarolar kirib svet o‘chishidan norozilik bildirishgan hamda navbatchi dispetcher Sirojiddin Luqmonovni turli xil kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlab unga tazyiq o‘tkazishgan hamda telefon apparatlari va boshqa jihozlarga shikast yetkazishgan.
Mazkur holat videosi joriy yilning 4 dekabr kuni ikki yildan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Video tarqalgach, Sirojiddin Luqmonov tomonidan tuman ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan mazkur qilmishni sodir etgan fuqarolar xatti-harakati ustidan murojaat qilindi.Hozirgi kunda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ijtimoiy tarmoq adminlari hamda fuqarolardan bunday asoslanmagan va eski xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raydi, deyilgan rasmiy munosabatda.
O‘zA.