Hozircha 3 ta bronza naqd. Oltinlar oldinda
Bugun 23 sentyabr kuni kechki payti Rossiyada davom etayotgan harbiylar o‘rtasidagi 58-jahon chempionatining qizlar o‘rtasidagi yarim final bahslari o‘tkazildi.
Xabar berganimizdek, yarim final janglarida 4 nafar bokschi qizimiz ringga ko‘tariladi.
Uch nafar vakilamiz, ya’ni 51 kgda rossiyalik Yekaterina Palseva bilan jang o‘tkazgan Aziza Yoqubova, 60 kg.da braziliyalik Beatris Ferreyra bilan bellashgan Rayhona Qodirova va 69 kg.da yurtimiz sharafini himoya qilgan Navbahor Hamidova Saadat Dalgatova (Rossiya)ga yo‘l bergan holda bronza medalli bo‘lishdi.
E’tiborlisi, qizlarimiz orasida 75 kg.da final uchun jang qilgan Mavluda Mavlonova polshalik Agata Katsmarskani taslim etib, oltin medal uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ertaga qolgan vaznlarda yarim final janglari o‘tkaziladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA