Hosil mo‘l, xirmon yuksak bo‘ladi
Shu kunlarda dehqonlarimizning erta bahoru yoz bo‘yi qilgan mehnati samarasi dalalarda bo‘y ko‘rsatmoqda. Yurtimizda g‘o‘za qator oralariga obi tobida ishlov berishga doir agrotexnik tadbirlar sifatli o‘tkazilmoqda. Zero, asad oyida g‘o‘za shonalari gullarga, gullar ko‘saklarga aylanadi. To‘q ko‘saklar pishib yetiladi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida agrar sohada izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining yuksak samarasini bermoqda. Xususan, yer o‘z egasini topib, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar ta’minotida muammo yo‘qligi muvaffaqiyatlar omili bo‘lmoqda.Shu kunlarda dehqonlarimizning erta bahoru yoz bo‘yi qilgan mehnati samarasi dalalarda bo‘y ko‘rsatmoqda. Yurtimizda g‘o‘za qator oralariga obi tobida ishlov berishga doir agrotexnik tadbirlar sifatli o‘tkazilmoqda. Zero, asad oyida g‘o‘za shonalari gullarga, gullar ko‘saklarga aylanadi. To‘q ko‘saklar pishib yetiladi.
O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilda mamlakatimizda 1 million 280 ming gektardan ortiq maydonda “Buxoro-6”, “Buxoro-102”, “Sulton”, “Namangan-77”, “S-47-27”, “Omad”, “Mehnat” kabi g‘o‘za navlari parvarishlanmoqda. Hozir sohibkorlarimiz g‘o‘zani o‘z vaqtida sug‘orish, hosilni zararkunanda hasharotlar va kasalliklardan asrashga alohida e’tibor qaratmoqda.
– Paxtakorlar oldida navbatdagi muhim tadbir – g‘o‘za barglarini sun’iy to‘ktirish vazifasi turibdi, – deydi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Akmal Siddiqov, – Paxta yig‘im-terimi oldidan barglar sun’iy ravishda to‘ktirilsa, g‘o‘za qator oralaridan shabada o‘tishi yaxshilanadi. Bundan tashqari, quyosh nuri ko‘saklarga yaxshi tushib, ularning barvaqt yetilishi va ochilishi uchun sharoit yaratiladi. Shu bilan birga, bu tadbir sifatli o‘tkazilsa, yuqori sifatli tola olish imkoni oshadi. G‘o‘za kasalliklari va zararkunandalariga, ayniqsa, qora shira tushgan maydonlarga samarali ta’sir etib, ko‘sak va tolaning chirishini kamaytiradi. Muhimi, bunday tadbir kuzgi don ekish va kuzgi-qishki yumushlarni barvaqt amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Shu kunlarda dehqon va fermerlarimizning peshona teri evaziga yetishtirilgan hosilni qisqa fursatda, yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan yig‘ishtirib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Yig‘im-terim mavsumiga barcha paxta qabul qilish punktlari, texnika vositalari hozirlab qo‘yildi.