Hindistonda Mig-27 halokatga uchradi
Rajaston shimoliy gʻarbidagi Jodxpur shahrida Hindiston harbiy-havo kuchlariga qarashli MiG-27 qiruvchi-bombardimonchisi halokatga uchradi
Rajaston shimoliy gʻarbidagi Jodxpur shahrida Hindiston harbiy-havo kuchlariga qarashli MiG-27 qiruvchi-bombardimonchisi halokatga uchradi. Bu haqida Times of India xabar bermoqda. Nashr maʼlumotiga qaraganda hodisa rejadagi parvoz vaqtida yuz bergan. Uchuvchi katapultani amalga oshirgan.
Rajastonda bundan 3 hafta avval Mig-21 qiruvchi samolyoti halokatga uchragandi.
Eslatib oʻtamiz, Hindiston MiG-27 samolyotlarini sobiq Ittifoqdan 1960—1970 yillarda sotib olgan.