Hindiston Si Szinpin qarorini izohladi
Hindiston fikricha, Xitoy Raisi Si Szinpinning G20 sammitida qatnashmasligi g‘ayri oddiy qaror va bu qadam qabul qiluvchi tomonga ta’sir qilmaydi. Bu haqda hukumatdagi manbalariga tayanib, “NDTV” telekanali xabar berdi.
– Katta yigirmalik” yetakchilari tig‘iz ish dasturi tufayli doim ham barcha sammitda qatnashishga imkon topolmaydilar, – dedi Hindiston hukumatidagi shaxsi noma’lum manba. – Bu hech qanaqasiga qabul qiluvchi tomonga ta’sir qilmaydi.
Suhbatdosh telekanalga aytishicha, “G20 ilk sammitidan boshlab ayrim mamlakat rahbarlari oliy darajadagi muayyan uchrashuvni o‘tkazib yuborishgan. Faqat Buyuk Britaniya, Germaniya, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Italiya, Kanada, AQSH, Turkiya va Janubiy Koreya sammit ishida muntazam ravishda yetakchilar darajasida ishtirok etib keladi”.
Avvalroq XXR TIV rasmiy vakili Mao Nin sammitda Xitoy delegatsiyasini Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan boshqaradi, deya ma’lumot bergan.
O‘zA