Hikoyada badiiy metamorfoza ma’rifati
Komiljon HAMROYEV dotsent filologiya fanlari nomzodi Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston e-mail: khamrayev@navoiy-uni.uz
Annotatsiya
Maqolada badiiy metamorfoza tushunchasi, uning poetik tadriji, shakl va tiplari hikoya janri namunalari misolida tadqiq etilgan. Shuningdek, hikoyat va hikoyada badiiy metamorfoza hodisasining tarixiy-nazariy xususiyatlari, sinkretik asosi haqida atroflicha fikr yuritilgan. Fitratning “Zahroning iymoni” va Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi” asarlarida metamorfoza badiiy tasvir obyekti sifatida ifoda etilganiga e’tibor qaratilgan.
Tayanch so‘zlar: badiiy metamorfoza tushunchasi, badiiy metamorfoza tiplari, badiiy metamorfoza tadriji, hikoya metamorfozasi, metamorfoza hikoyaning tasvir obyekti sifatida, hadis, afsona, rivoyat, hikoya, reykarnatsiyaviy metamorfoza.