Hikoya janrining vujudga kelishining nazariy va tarixiy asoslari
Faridun Farxadovich YULDASHOV Doktorant Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti Samarqand, O‘zbekiston faridun.yuldashov.1989@mail.ru
Annotatsiya
Ushbu maqolada fors-tojik va o‘zbek adabiyotida hikoya janrining paydo bo‘lishi, tarixiy taraqqiyoti va nazariy asoslari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda hikoya janrining ildizlari qadimgi og‘zaki ijod an’analari, zardushtiy davr yodgorliklari hamda klassik adabiyot namunalari bilan bog‘liq holda o‘rganilgan. Shuningdek, “hikoyat” va “hikoya” tushunchalarining lug‘aviy, nazariy va janriy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, ular o‘rtasidagi ma’noviy hamda shakliy tafovutlar ochib berilgan. Tadqiqot natijalari hikoya janri tabiati va uning adabiy taraqqiyotdagi o‘rnini ilmiy jihatdan aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tayanch so‘zlar: adabiyot, hikoya janri, hikoyat, og‘zaki ijod, muhokot, tafovut.