“Hikmatli” mahallasi yoshlari teatrda
Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, viloyat musiqali drama teatri va Sirdaryo tumani hokimligi hamkorligida “Hikmatli” mahallasida yashovchi yoshlar viloyat musiqali drama teatriga bordi.


Dastlab yoshlar viloyat musiqali drama teatrining ko‘rgazmalar zalida yosh iqtidor egalarining qiziqarli chiqishlaridan bahramand bo‘ldi. So‘ng, Tog‘ay Murod qalamiga mansub “Otamdan qolgan dalalar” nomli roman asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi. Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, madaniy-ma’rifiy ishlarga ularni keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Sh.Suyarov, O‘zA