Hayit arafasida bojxonachilar ehtiyojmandlar holidan xabar oldi
Bizning buyuk va tanti xalqimiz koʻp asrlik tarixida ne-ne balo-qazolarni, urushlar va ocharchiliklarni mardonavor yengib oʻtgan.
Kurrai zaminimizda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti arafasida ehtiyojmand oilalarga yordam koʻrsatish maqsadida mamlakatimiz boʻylab, keng koʻlamli vaqtincha ishsiz, kambagʻal, boquvchisini yoʻqotgan, nogiron, kasalmand va ijtimoiy himoya hamda koʻmakka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
Shu kunlarda barcha homiylar, tadbirkorlar, tegishli idora va tashkilotlar qatorida Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ham ushbu ezgu ishlarni amalga oshirish maqsadida hokimliklar va mahalla fuqarolar yigʻinlarining masʼul xodimlari ishtirokida tegishli tadbirlar oʻtkazilmoqda. Jumladan, ushbu tadbirlarning navbatdagisi joriy yil 27-iyul kuni Guliston shahrida va 28-iyul kuni Xovos tumanida oʻtkazildi. Guliston shahar 1 mavzesidagi 2 ta va Xovos tumanining eng chekka hududlarida joylashgan “Boʻston”, “Qahramon” va “Husnobod” mahallalarida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi bor 10 ta oilalarning holidan xabar olinib, ularning har biriga 12 turdagi kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi va moddiy yordam koʻrsatildi.
Shuningdek, mahalla fuqarolar yigʻinlarining masʼul xodimlari bilan hamkorlikda oilalarning turmush tarzi, moddiy ahvoli, mavjud muammolari, tomorqalaridan samarali foydalanishi kabi jihatlari oʻrganilib, tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda birinchi navbatda ularning bandligini taʼminlash choralari belgilanmoqda.
Bizning buyuk va tanti xalqimiz koʻp asrlik tarixida ne-ne balo-qazolarni, urushlar va ocharchiliklarni mardonavor yengib oʻtgan. Jahon ahli aziyat chekayotgan bu qiyin kunlar ham albatta oʻtadi.
Bu sinovdan ham munosib oʻtib olishimizga qatʼiy ishonamiz.