Hasanboy Do‘smatovning yana bir g‘alabasi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov Germaniyada davom etayotgan jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov Germaniyada davom etayotgan jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi.O‘z vazn toifasida dunyoning eng kuchli bokschisi, deya e’tirof etilayotgan tajribali sportchimiz jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
H.Do‘smatov vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi chorak final bellashuvida hindistonlik Amit Pangal bilan kuch sinashdi. Bokschimiz ringda ishonchli harakat qilib, raqibidan ochkolar hisobida ustun keldi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.