Harbiylar uchun maxsus ixtiro - Bilak IQ (+video)
Ilm-fan bilan shug‘ullanish, ilmiy yangilik yaratish, bu – igna bilan quduq qazish bilan barobar. Quvonarli jihati shundaki, bugungi kunda har bir soha yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borilishi zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak "trend"ga aylanmoqda.
Yoshlarimizning ilmiy tadqiqotlarga qiziqishi, o‘z yo‘nalishida yangilik yaratishi, ayniqsa, davlat tomonidan bu g‘oyalarning qo‘llab-quvvatlanayotgani kishini quvontiradi. Zero, buyuk tarixiy olimlari bo‘lgan yurtimizning kelajagi ana shu ilmli, bilimli yoshlarning qo‘lida. Bugungi lavhamiz qahramoni ham o‘zi harbiy talaba bo‘lishiga qaramasdan harbiy talabalarning og‘irini yengil qiladigan ixtiro yaratgan va bu ixtiro allaqachon amaliyotda keng qo‘llanilmoqda ekan. Keling yaxshisi batafsil ma’lumotni ixtirochimizning o‘zidan eshitsak.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9TNpr0lDjDg" title="Harbiylar uchun maxsus ixtiro - Bilak IQ" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video),O‘zA