Harbiy xizmatchilar aholi huzurida
FOTOREPORTAJ
Yurtimizda kuzatilgan anomal sovuq ob-havo sharoitida insonparvarlik tadbirlari ko‘lamining kengayib borayotgani xalqimizning bag‘rikenglik fazilatlarini namoyon etmoqda.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarrufidagi Sariosiyo garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari Sariosiyo tumani Afrosiyob mahallasida maxsus harbiy dala oshxonasi tashkil etib, aholi hamda hududda xizmat vazifasini o‘tayotgan ishchi-xizmatchilar uchun issiq ovqat, choy, qahva, shirinliklar tarqatmoqda.
[gallery-10327]
Shuningdek, hududdagi tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olinib, ularga osh-ovqatlar yetkazib berilmoqda.
Hozirga qadar, harbiylar 300 nafardan ziyod aholiga beminnat yordam ko‘rsatdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA