Har qanday shaklda yoʻlovchi tashish taqiqlanadi
Agar litsenziyangiz boʻlsa, faqat yuk tashish yoki kuryerlik xizmatini amalga oshirishingiz mumkin. Yoʻlovchi tashiyotganingiz aniqlansa MJtK 54-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortilasiz.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda boʻlib oʻtayotgan Ichki ishlar vazirligi brifingida vazirlik matbuot kotibi Shoxruh Gʻiyosov taʼkidlashicha mamlakatda oʻrnatilgan karantin tartibidan kelib chiqib, 30-martdan eʼtiboran litsenziyasi bor yoʻnalishli taksilarda ham yoʻlovchi tashish taqiqlanadi.– Agar litsenziyangiz boʻlsa, faqat yuk tashish yoki kuryerlik xizmatini amalga oshirishingiz mumkin. Yoʻlovchi tashiyotganingiz aniqlansa MJtK 54-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortilasiz, – dedi Sh.Gʻiyosov.