Har qanday qurol qonuniy roʻyxatdan oʻtkaziladi
Ukraina Prezidentligiga nomzod, “Grajdanskaya pozitsiya” partiyasining rahbari Anatoliy Gritsenko saylovda yutib chiqqudek boʻlsa, mamlakatda harbiy xizmatni bekor qilishga va qurol bilan bogʻliq munosabatni qonuniylashtirishga vaʼda berdi.
Ukraina Prezidentligiga nomzod, “Grajdanskaya pozitsiya” partiyasining rahbari Anatoliy Gritsenko saylovda yutib chiqqudek boʻlsa, mamlakatda harbiy xizmatni bekor qilishga va qurol bilan bogʻliq munosabatni qonuniylashtirishga vaʼda berdi. Bu haqda siyosatchining saytida maʼlum qilingan.
“Majburiy harbiy xizmat boʻlmaydi. Har qanday qurol qonuniy roʻyxatdan oʻtkaziladi”, deyiladi Gritsenkoning saylovoldi dasturida. Eslatib oʻtamiz, qirqqa yaqin nomzod boʻlishi kutilayotgan mamlakatdagi Prezidentlik saylovlari shu yil 31 martda boʻlib oʻtadi.