Har kuni xushxabarlar eshitaylik
Xushxabarning qanoti bor, deyishadi. Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugunga qadar 6 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, reabilitatsiyaga olindi.
Xushxabarning qanoti bor, deyishadi. Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugunga qadar 6 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, reabilitatsiyaga olindi.
Ayni kunlarda mazkur shifoxonada mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari bu yerda davolanayotganlarning sogʻligi uchun kurashmoqda. Buning uchun standartlar asosida muolaja ishlarini olib borishyapti. Ularning mehnati chinakam jasorat namunasidir. Bugun ham mazkur shifoxonadan quvonchli xushxabar olindi. Toʻrt nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay tuzaldi.
Sogʻayganlarning uch nafari charter reys orqali Turkiyadan Fargʻonaga kelgan boʻlib, Oltiariq faxriylar sanatoriysida karantinga olingan edi. Bir nafari esa fargʻonalik boʻlib, infeksiyaga chalingan bemor bilan muloqotda boʻlgan.