Har bir qadam salomatlikka yetaklaydi
Andijon viloyati Xonobod shahrida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida sog‘lomlashtirish va yurish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O‘ktamjon Oxunov, Xonobod shahar hokimi Mash’albek Tajibayev, sektor rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar, umuman, aholining turli qatlam vakillari faol ishtirokida o‘tgan tadbir haqiqiy sport va sog‘lomlashtirish bayramiga aylandi.

– Ushbu tadbir nafaqat biz keksalarga, balki barcha ishtirokchilarga o‘zgacha shijoat bag‘ishladi, – deydi mehnat faxriysi Usmonjon Xudoyberdiyev. – Kishi jismonan sog‘lom bo‘lsagina uning boshqa barcha ishlarida unum va baraka bo‘ladi. Shu ma’noda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar aholining salomatligini mustahkamlash, faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA