Hamkorlik memorandumi imzolandi
Davlat xizmatlari agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Davlat xizmatlari agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda yoshlarga alohida eʼtibor qaratilib, ularni qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Andijon viloyati aholisining qariyb 58 foizini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadi. Butun mamlakatda boʻlgani kabi viloyatda ham davlat, jamoat tashkilotlari tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni intellektul salohiyatini yuksaltirish, iqtidor va imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun zarur sharoit yaratib berilmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi, mutasaddi idoralar hamkorligida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini taʼminlash, tadbirkorligini rivojlantirish borasidagi ishlar ana shu yoʻnalishdagi ishlarga yorqin misoldir.
– Boshqarmamiz va Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi oʻrtasidagi hamkorlikdan koʻzlangan asosiy maqsad yosh avlodning mamlakatni yana-da demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlaridagi faol ishtirokini taʼminlash, yoshlarda elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga doir bilim va amaliy koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi Oybek Yuldashev. – Bu albatta, yoshlarimizga qator qulayliklar yaratadi, keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
Hamkorlik doirasida belgilangan yoʻnalishda qator tadbirlar, seminar va davra suhbatlari oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.