Hamkorlik loyihalari ko‘lami yanada kengayadi
Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev Janubiy koreyalik investor Kixak Sung bilan uchrashdi. Hozirga qadar mazkur sarmoyador shafeligida "YOUNGONE" korporatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga jami 25 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilgan.
Shundan 6 million dollari Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Muloqotda "YOUNGONE CORPORATION' ishtirokida Bo‘ka tumanida joylashgan "BUKA SPORTSWEAR" XK MCHJda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Zoyir Mirzayev koreyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikka hamisha tayyor ekanligini bildirdi. Hamdo‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, korxonalar faoliyatini rag‘batlantirib borish, investorlar bilan hamjihatlikda ishlash yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qildi.
A. Musayev, O‘zA.