Hamkorlarimiz xabarlari
Qozogʻiston. Mamlakat Mudofaa vazirligida Fransiya Respublikasi Mudofaa vazirligi xalqaro munosabatlar va strategiya bosh boshqarmasi departamenti boshligʻi general-leytenant Fillip Butino bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Qozogʻiston. Mamlakat Mudofaa vazirligida Fransiya Respublikasi Mudofaa vazirligi xalqaro munosabatlar va strategiya bosh boshqarmasi departamenti boshligʻi general-leytenant Fillip Butino bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda kursantlarning maxsus operatsiyalarda qatnashish masalalari koʻrib chiqildi. Qozogʻiston Respublikasi kursantlari xalqaro harbiy olimpiadada ishtirok etdi. Muzokaralarda harbiy sohadagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Fransiyalik mehmonlar tashrif doirasida Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi nomidagi mudofaa milliy universitetini hamda harbiy-vatanparvarlik markazi milliy muzeyini borib koʻrdi.
“Kazinform” xalqaro
axborot agentligi
Tojikiston. Mamlakat Prezidenti Emomali Rahmon Xatlon viloyatidagi Boxtar shahrida qad koʻtaradigan avtobus terminali asosiga (fundamentiga) tamal toshini qoʻydi. Obyekt 3 gektar maydonni egallaydi. 10 million dollar qiymatiga ega boʻlgan ushbu loyiha shahar ichidagi va shahar tashqarisidagi jamoat yoʻlovchi transportining ratsional harakat qilishiga xizmat qiladi. Terminal bu sohadagi eng soʻnggi zamonaviy texnika talablariga javob beradi. Bu yerda yoʻlovchilarga katta qulayliklar yaratiladi. Ekologik vaziyat ancha yaxshilanadi.Terminal foydalanishga topshirilgach 150 kishi ish bilan taʼminlanadi. Xatlon viloyati transporti xoʻjaligi loyiha asosida yana 50 ta zamonaviy avtobus bilan taʼminlandi. Elektron biletlar olish tizimi ishga tushdi.
* * *
Tojikiston Milliy kutubxonasida Xitoyda dunyoga ochiqlik siyosati va iqtisodiy islohotlarning boshlanganiga 40 yil toʻlishi munosabati bilan fotosuratlar koʻrgazmasi ochildi. Koʻrgazmada Xitoydagi reformalarning borishi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot olish mumkin. Oʻtgan 40 yil mobaynida Xitoy nafaqat oʻzi rivojlandi, u dunyoga ham katta foyda keltirdi. Soʻnggi yillar davomida Xitoy dunyo iqtisodiyotining rivojiga 30 foiz hissa qoʻshdi. Xitoy jahondagi yirik iqtisodiyotga ega ikkinchi qudratli davlat darajasiga koʻtarildi. U bilan Tojikiston oʻrtasida iqtisodiyotni rivojlantirish, turmush sharoitini yaxshilash va oʻzaro hamkorlik boʻyicha strategik ahamiyatga ega boʻlgan bir qator hujjatlar imzolangan. Tojikiston bilan Xitoy bundan buyon ham barcha sohalarda, jumladan madaniyat sohasida ham samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bayon qilmoqda. Yaqin kunlarda Xitoyda Tojikiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtadi.
“Xovar” Tojikiston
Milliy axborot agentligi
2019 yilda “Turkmaniston – gullab yashnayotgan Vatan” mavzusida turli tadbirlar hamda Turkman chopar otining milliy bayramiga bagʻishlangan koʻrgazmalar, tanlovlar, musiqiy tantanalar oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Turkman chopar otlarining milliy bayramiga bagʻishlangan maxsus madaniy mavzudagi tadbirlar doirasida maxsus koʻrgazmalar va tanlovlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, chavandozlar musobaqalari - ot marafoni, konkur boʻyicha turnir, yosh chavandoz musobaqalari boʻlib oʻtadi.
Turkmaniston poytaxtida oʻtadigan Axaltekin yilqichiligi IX Xalqaro assotsiatsiyasi yigʻilishi munosabati bilan Ashxobodda ochiladigan xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar va “Turkman chopar oti va jahon yilqichilik sanʼati” mavzusida oʻtadigan XI ilmiy konferensiyaga oʻnlab davlatlardan delegatlar keladi.
Turkmaniston davlat axborot agentligi