Hakim Termiziy merosi bebaho xazina (+video)
Termiziy hikmatlari
Prezidentimizning joriy yil 24-iyuldagi “Buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Termiz shahrida shu yil noyabr oyida “Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda mamlakatimizda ulug‘ ajdodimiz tavalludining 1200-yilligini nishonlashga puxta hozirlik ko‘rilib, ul zotning “Navodirul usul” va “Bahrut tafsir” asarlari hamda allomaning ilmiy merosiga oid boshqa manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini, Hakim Termiziy ilmiy merosiga oid turkum risolalarni nashrga tayyorlab, chop etish rejalashtirilgan. Shuningdek, alloma tavalludining 1200-yilligiga bag‘ishlangan esdalik buyumlarni muomalaga chiqarib, pochta markalari, taqvimlar, hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan boshqa ko‘rgazmali axborot vositalari turkumini yaratish, Hakim Termiziy xotirasiga bag‘ishlab, noyabr oyida “Mardlar maydoni” shiori ostida kurash turnirini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Termizdagi Hakim Termiziy yodgorlik majmuasi va unga tutash hududlarni obodonlashtirish ham qizg‘in davom etmoqda.
Islom olamida insonlarni yaxshilikka, iymon-e’tiqodga da’vat etuvchi o‘lmas asarlari bilan shuhrat qozongan Hakim Termiziy benazir olim va mutafakkir, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi sifatida tanilgan. O‘z davrida ul zotga “Hakim” ya’ni, donishmand, chuqur hikmat sohibi unvoni berilganida ulkan ma’no bor.
O‘zA buyuk alloma tavalludining 1200-yilligi munosabati bilan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi va Imom Termiziy nomidagi islom instituti hamkorligida “Termiziy hikmatlari” ruknida videomaterial tayyorlashni yo‘lga qo‘ydi. Unda Hakim Termiziyning hayoti va ilmiy merosi, nodir asarlari va hikmatli so‘zlarining mazmun-ma’nosi bilan yaqindan tanishasiz.
<iframe width="1331" height="749" src="https://www.youtube.com/embed/mh_CVtnSB5k" title="Hakim Termiziy merosi bebaho hazina" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri