Hakim Sattoriydan yangi kitob: “Toshoyna”
“Oltin meros-press” nashriyoti taniqli yozuvchi va publitsist Hakim Sattoriyning “Toshoyna“ kitobini chop etdi.
“Oltin meros-press” nashriyoti taniqli yozuvchi va publitsist Hakim Sattoriyning “Toshoyna“ kitobini chop etdi.
Kitobdan jahon adabiyotining yirik namoyondalari – Ivan Turgenev va Lev Tolstoy haqidagi esselar o‘rin olgan.
Yozuvchi “Ibratso‘z” va “Turgenev turtkisi”ni shunchaki yozib qo‘ymagan. Unda ulug‘ yozuvchilarning bitganlari orasidan eng sara asarlaridan tortib, adiblarning turmush tarzi, hayot yo‘ligacha nazar solingan. Muallif asar qahramonlarini o‘rgangan, badiiy tilini, obrazliligini tahlil qilgan, solishtirgan, kuzatgan.
Kitobda Lev Tolstoy va Ivan Turgenevlarning ibratli so‘zlari ham keltirilgan.
Kitob muqaddimasida yozilganidek, mazkur to‘plamga kiritilgan esselarning zamirida singdirilgan maqsad umume’tirof etgan oliy shon manzaralar tasviri ko‘zgusi bilan o‘zbek milliy adabiyotimizning keyingi asrlardagi tarixiga nazar solish, shu asosda “Bizda nega Turgenevlar yoki Lev Tolstoylar chiqmagan ?” degan mangu boshog‘riq savollarga javob izlashdir. Masalaning bunday qo‘yilishi bir oz jo‘nroq tuyulsa-da, aslida, bor gap shu. Negaki, har bir vatanparvar kishi eng nodir qimmatliklar o‘z yurtida, o‘z milliy madaniyatida bo‘lishini istaganidek, bunday his o‘zga xalq yoki millatga hasad emas, balki havasning ifodasidir. Agar buyuk bobomiz hazrat Navoiyning bo‘yi XIV asrdayoq osmon toqiga tekkanini hisobga olsak, bunday mavqening keyingi tadriji, rostdan ham, shunday savol qo‘yishni kun tartibiga chiqaradi...”
Kitob zamonaviy ko‘rinishga ega, unga taqrizni taniqli adib Orziqul Ergashev yozgan.