Haftaning bir kuni baliq iste’mol qilamiz (+video)
Baliq ovi boshlandi. Ko‘llarning suvi chiqarilib hosil tarozuga tushyapti. Suv hafzalar ta’mirlanib, kelgusi mavsum uchun tayyorlanyapti.
Bu tasvirlar Yozyovonning baliqchilikka ixtisoslashgan “Baraka bo‘ston durdonasi” fermer xo‘jaligida olingan. Uning 102 gektar maydoni bo‘lib, hammasi suv havzalaridan iborat. 2023 yilda fermer xo‘jaligi intensiv usulda baliq yetishtirdi.

– Har bir gektar ko‘ldan 45-48 sentnerdan hosildorlik ko‘tardik. Bu yerda aksariyat laqqa – oq baliq, sazan, oqamur va qora postra degan baliqlarimiz bor, –deydi fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Mirzaakbar Jumayev. – Muhtaram Prezidentimiz bizga shunday imkoniyatlar berdiki, baliqchilikini rivojlantirish maqsadida intensiv usulda yetishtirgan baliqning har bir tonnasiga 1 million so‘mdan subsidiyalar ajratildi. Subsidiyadan olingan pullarni baliqchilik ko‘llarimizni rivojlantirish uchun sarf etyapmiz.

Yozyovon tumanida 87 ta shu kabi ixtisoslashgan baliqchilik fermer xo‘jaliklari bor. Ular 1100 gektarda parxez mahsuloti yetkazishyapti. 2023 yilda 6 ming tonnadan ziyod baliq el dasturxoniga yetkazildi. Mana endi 2024 xosiliga tayyorgarlik boshlandi.

–Har yili 50-60 tonna chavoq yetishtiramiz. Undan 30-40 tonnasi o‘zimizning ko‘llarimizga tashlansa, qolgan 15-20 tonnasini qo‘shni baliqchilik fermerlariga yetkazib beramiz.
Baliq mahsulotlari ko‘payar ekan, ovqatlanishda haftaning bir kunini baliq iste’mol qilishga bag‘ishlaydigan vaqtlar yetib kelyapti.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HnHJd5tbn5E" title="Haftaning bir kuni baliq isteʼmol qilamiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA