Habib Nurmagomedov Kabo-Verde terma jamoasiga hazilomuz murojaat qildi
“Kabo-Verde, menga lokatsiyangizni yuboring”
Sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov JCH–2026 1/16 finalidan so‘ng Kabo-Verde milliy terma jamoasi haqida ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.
Afrika vakili amaldagi jahon chempioni Argentina milliy terma jamoasiga qarshi bahsda sensatsiya yaratishga yaqin kelgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha bo‘limlarda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdan keyin Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Kabo-Verde xaritasini joylashtirib, hazil tariqasida: “Kabo-Verde, menga lokatsiyangizni yuboring”, — deb yozdi.
Eslatib o‘tamiz, Habib avvalroq Kabo-Verde terma jamoasini JCH–2026ning eng katta kashfiyoti deb atagan hamda ko‘pchilik muxlislar ilgari deyarli tanimagan jamoa jahon miqyosida o‘zini yorqin namoyon qilganini ta’kidlagan edi.