Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonga jo‘nab ketdi
Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida kuzatuvchi maqomida ishtirok etgan Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga tashrifini yakunladi.
Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunida mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklikni mustahkamlashda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning ham alohida hissasi borligi qayd etildi. Shu munosabat bilan uni Turkiy dunyoning oliy ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mukofotni o‘z egasiga topshirdi.

I.AVVALBOEV, A.ABDULLAEV, J.NORQOBILOV (foto), O‘zA