Guljamol Asqarova: Arslonning ayoli ham arslon! (+video)
Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan go‘zal va betakror "o‘zbegoyim"lar haqida ko‘plab ta’riflar keltirish mumkin.
Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘ringa ega. Ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-iqtisodiy hayotidagi barcha sohalarda xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilishmoqda.
Qishloqning oddiygina sodda qizi bir olam beg‘ubor orzulari ro‘yobini azim poytaxtdan topaman deb kelib, bugun jamiyatning muammoga duch kelgan ayollariga yordam qo‘lini cho‘zadigan darajaga yetib kelganini o‘zi katta ibratdir.
Uning she’rlari bugun butun o‘zbek ayollarining dardini, aytilmagan istaklarini, ko‘z yoshga aylangan orzularini o‘zida aks etib, yosh-u-qarining birdek ko‘ngillardan joy oladi. She’r misralari qo‘lingga tushar ekan, baralla bor ovozing bilan o‘qiganingni o‘zing ham sezmay qolasan.
"O‘zbegoyim" loyihasining bugungi mehmoni, "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, dilbar shoira Guljamol Asqarova.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Dg-NsPO-ZBw?si=RipUO238qGZaS9tS" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov(video), O‘zA