Gulistonda yangi klinika ish boshladi
Sirdaryo viloyati perinatal markaziga qarashli bo‘sh turgan ginekologiya bo‘limi binosi o‘rnida davlat - xususiy sherikchilik asosida “Doktor Abdumalik” MCHJ klinikasi ishga tushdi.
Mazkur bino bundan bir yil muqaddam gulistonlik tadbirkorga davlat-xususiy sherikchilik asosida xususiy tibbiyot klinikasini tashkil etish sharti bilan berilgan edi. Tadbirkor belgilangan vaqtda mazkur binoga o‘z hisobidan va bank mablag‘i hisobidan sarmoya kiritib, qisqa fursatlarda binoda rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini tugatdi.

Muassasada aholiga ambulator va statsionar sharoitda nevrologiya, kardiologiya, terapiya va ginekologiya ixtisoslik turlari bo‘yicha diagnostika, maslahat va konservativ davolash, UZI, fizioterapiya va klinik laboratoriya ixtisoslik turlari bo‘yicha tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi.


Kelgusida tibbiyot markazi faoliyatini yanada kengaytirishni rejalashtirgan. Klinikada 41 kishi ish bilan ta’minlandi.
Sh. Suyarov,
Sh. Ortiqboyev,O‘zA