“Guliston”ni o‘qib, ishonasiz...
Yigirma sakkiz yil davomida xalqimiz buni boshidan kechirdi, kechirmoqda...”.
...“Istiqlolga erishish oson emas, ammo ozodlikni saqlab qolish, mustahkamlash undanda qiyin. Yigirma sakkiz yil davomida xalqimiz buni boshidan kechirdi, kechirmoqda...”.
“...Xitoyda chop etiladigan “South China Morning Post” gazetasining e’tirof etishicha, Prezident Shavkat Mirziyoev o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etib, ko‘plab tanqidlarga uchragan taqiqlarni bekor qildi, inson huquqlari va erkinliklariga doir qator amaliy chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etayotir...” .
“Guliston” jurnalining 4-sonidan shu kabi muhim fikr-mulohazalar, tahlil va talqinlar joy olgan.
Mamlakatimizda bir necha mobil aloqa kompaniyalari faoliyat yuritadi, ammo aloqada, internet tizimida uzilishlar baribir uchrab turadi. Aloqa sifatini yaxshilash, hududlarda internet tezligini oshirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Shu va sohaga oid boshqa savollarga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning javoblari ham nashrning yangi sonidan joy olgan.
Germaniyada ne-ne orzular bilan tahsil olib, malakali mutaxassis sifatida ona yurtiga qaytgan talaba Sibirga surgun qilinadi. U kim? Nega bunday achchiq qismatga yo‘liqdi? Bu haqda jurnaldagi “Zamonasiga sig‘magan olim” nomli maqolada batafsil hikoya qilinadi.
“Yoshlar kelajagi uchun hamma mas’ul”, “Tasviriy va amaliy bezak san’ati: yutuqlar va muammolar ” nomli maqolalarda mazkur yo‘nalishdagi ishlarning bugungi holati, hal etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar va ularning yechimiga doir mulohazalar aks etgan. Betakror she’riy satrlar, g‘azal sharhi jurnal sahifalarini mazmunan yanada boyitgan.
“Siz aytganday bo‘lmaydi” hikoyasi, “Nurli bitiklar” ocherkidagi voqeliklar va ularning rivoji esa hech bir o‘quvchini befarq qoldirmaydi.