Gruziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi
Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga rasmiy tashrif bilan keldi.
Yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov kutib oldi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolarining "Yangi O‘zbekiston" bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yishi, poytaxtimizdagi “Texnopark” faoliyati bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Ertaga — 19 iyul kuni kengaytirilgan formatda muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Mazkur uchrashuvlar haqida O‘zA batafsil ma’lumot berib boradi.
[gallery-7951]
B.Xudoyberdiyev, A. Abdullayev (surat) O‘zA