G‘oliblar viloyat bosqichida kuch sinashadi
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” shiori ostida stol tennisi bo‘yicha 2-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning ochilish marosimida Buxoro viloyati soliq boshqarmasi, Sport boshqarmasi hamda Stol tennisi federatsiyasi xodimlari ishtirok etdi. Unda 15–17 yoshdagi Buxoro shahri hamda Buxoro va Romitan tumanlarining eng iqtidorli sportchilari o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom raqobat muhiti yaratish va Olimpiya qadriyatlarini yosh avlod ongiga singdirishdir.


Musobaqa yakunida g‘olib sportchilar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.