G‘oliblar mamlakat bosqichida aniqlanadi
«Zakovat» intellektual o‘yini Buxoro viloyati bosqichida Romitan tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
«Davlat soliq qo‘mitasi raisi kubogi» turniri saralash bosqichida viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligidan 21 ta jamoa o‘zaro bahslashdi.

Qiziqarli bellashuvda ikkinchi o‘rinni viloyat davlat soliq boshqarmasining «Zamon», uchinchi o‘rinni Davlat kadastrlar palatasi Buxoro tumani filiali jamoasi egalladi. G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. «Zakovat» intellektual o‘yinining «Davlat soliq qo‘mitasi raisi kubogi» turniri final bosqichi joriy yilning 25 dekabr kuni o‘tkaziladi. Unda saralash bosqichi g‘oliblari «Davlat soliq qo‘mitasi raisi kubogi» uchun bahslashadi.

Zarif Komilov, O‘zA