“Go‘zal yurish” ob’ektida O‘zbekiston
Fransiyaning “Bo Travail” kinokompaniyasi vakillari O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati bilan tanishish maqsadida Samarqandga keldi.
Fransiyaning “Bo Travail” kinokompaniyasi vakillari O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati bilan tanishish maqsadida Samarqandga keldi. Maqsad “Echappees Belles” (Go‘zal yurish) teledasturining navbatdagi sonida O‘zbekistondagi shaharlar haqida reportajlar tayyorlash bo‘lib, har haftaning shanba kuni Fransiyaning yetakchi “Fransiya 5” telekanalida namoyish etiladi.
Qayd etish joizki, 2005 yilda tashkil etilgan ushbu kinokompaniya frasuz hujjatli filmlari bilan bir qatorda tarixiy, ilmiy, ijtimoiy va turizm loyihalarini yaratishga ixtisoslashgan.
– “Echappees Belles” (Go‘zal yurish) teledasturi bu ijodkorlarning 2006 yildan buyon namoyish etilayotgan eng mashhur o‘quv dasturi hisoblanadi, –deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakili Sherzod Sultonov. – U keng auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘lib, taxminan 1,5 million tomoshabinga, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda 500 mingga yaqin obunachiga ega.
Xorijiy delegatsiya vakillari Toshkent, Samarqand, Nurota, Buxoro, Xiva, Nukus va Mo‘ynoq kabi hududlarning o‘ziga xos madaniyati, tabiati va mahalliy aholining turmush tarzi bilan tanishadi. Shu asosda suratga olish ishlari olib boriladi.
Hozirda televizion suratga olish ikki bosqichda bo‘lishi rejalashtirilgan.