Globallaşuv jarayonida uyğoq nigoh zarur
Samarqandda davom etayotgan “Özbekiston – öz-özimizniki” şiori ostidagi “Maʼrifat haftaligi” ijtimoiy-maʼrifiy loyihasi doirasida ötkazilayotgan tadbirlarda jamiyatning maʼnaviy salohiyatini oşirişga, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga hamda aholiga har qanday taraqqiyotning asosi ilm-maʼrifatda ekanligini uqtirişga qaratilmoqda.
Oddiy turmuş tarzimizga eʼtibor beraylik. Keça qanday ediyu, bugun nimalar özgardi! Ota-bobolari hali ham qörqib foydalanayotgan telefonni bugun endi tetapoya qilayotgan gödak ham işlata olyapti. Axborot madaniyati hali şakllanib ulgurmagan bolalarning qölida ham zamonaviy smartfonlarning borligi ularni heç qanday himoyasiz “janggohga” kirişi bilan barobar. Şuning uçun ham globallaşuv davrida milliy özlikni anglaş, maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylaş, yoş avlodni soğlom dunyoqaraş va mustaqil fikr asosida tarbiyalaş eng muhim masalaga, davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylanmoqda. Aslida ham mamlakat taraqqiyoti faqat iqtisodiy körsatkiçlar bilan emas, avvalo, jamiyatning maʼnaviy salohiyati, insonlarning bilim va tafakkuri, yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan ham belgilanadi.
Tarğibot tadbirlari yurtimizning yetakçi olimlari, ziyolilar, kino va teatr aktyorlari, sanʼatkorlardan iborat maʼrifatparvarlar tomonidan ötkazilmoqda.
Jumladan, Samarqand şahridagi “Ipak yöli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida ötkazilgan “Porloq idrok” loyihasi doirasida tarğibot guruhi aʼzolari milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bağrikenglik, axborot madaniyati, internetdan oqilona foydalaniş, zararli ğoyaviy taʼsirlarga qarşi maʼnaviy immunitetni mustahkamlaş borasidagi dolzarb mavzu böyiça talabalar bilan muloqot ötkazdi.
– Har qanday taraqqiyot, olamşumul kaşfiyotlarning asosini ilm-maʼrifat taşkil qiladi, – deydi Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi dotsenti, siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori Bektoş Berdiyev. – Bu haqiqatni bundan neça asrlar oldin uluğ mutafakkir bobolarimiz öz asarlarida qayd etib ötgan. Bu haqiqatga amal qilgan davlatlar bugun rivojlanişning yuksak çöqqisiga erişmoqda. Köp uzoqqa bormaylik, bugun bizning yaqin hamkorlarimizdan Xitoyni olib qaraylik. Har bir sohaning rivojlaniş asosi ilm ekanligini boş maqsad deb bilgan xitoyliklar bugungi globallaşuv davrida har jihatdan yuksak taraqqiy etayotgan mamlakatga aylandi. Neça millionlab kambağal aholini qaşşoqlikdan çiqarişga erişdi. Hammasi ilm-maʼrifatga bölgan munosabat asosida vujudga keldi. Xitoyga taşrifimiz davomida öz közim bilan körib, haqiqatda xitoyliklar jon-jahdi bilan ilm olayotganiga guvoh böldim. Jamoat transportida ketayotganimizda bir bekatdan yigirmataça maktab öquvçisi çiqdi. Hammasini qölida kitob, daftar va metroda ham ular öqiş, yozişini davom ettirib ketdi. Bizda-çi?! Avtobus yoki metroga çiqsangiz yoşu qari telefonga tikilgan. Biror foydali iş bölsa mayli, ammo, köpçilik şunçaki ijtimoiy tarmoqlar kuzatuvçisi, xolos. Aynan mana şu jarayon odamlardagi befarqlik, loqaydlikni keltirib çiqarmoqda. Eng yomoni, telefonga tikilgan avlod ilm olişdek zimmasidagi yuksak masʼuliyatni unutib qöymoqda. Şunday ekan, haftaligimizning boş maqsadi ilm-maʼrifatga bölgan munosabatimizni özgartirib, yoş avlodni bilim olişga tarğib qilişimiz lozim. Ilmli, maʼrifatli jamiyat heç qaçon yot taʼsirlarga uçramaydi va taraqqiyot yölidan oğişmaydi.
[gallery-32596]
Uçraşuv davomida bugungi globallaşuv jarayonida yoşlar orasida din tarğibotini niqob qilgan ekstremistik ruhdagi axborot xurujlaridan himoyalaniş, islom dinining asl mohiyatini anglaş, millatlararo totuvlik tamoyillariga amal qiliş borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Sanʼatkorlar tomonidan yurtni, hamjihatlikni madh etuvçi kuy-qöşiqlar yangrab, barça birdamlikka çorlandi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning tuman va şaharlarida ham ötkazilmoqda.
Ğ.Hasanov, A.Isroilov (surat),
ÖzA muxbirlari