Global ochlik indeksida O‘zbekiston 21-o‘rinni egalladi
Global Hunger Index 2022 yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksida O‘zbekiston eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar orasida 5,6 ball bilan 21-o‘rinni egalladi. Ushbu ko‘rsatkich mamlakat oziq-ovqat yetishmovchiligiga duchor bo‘lmasligini anglatadi.
Global ochlik indeksining yetakchi pog‘onalarida Belarus, Bosniya va Gersegovina, Chili davlatlari joylashgan. Eng kichik ko‘rsatkichlar Madagaskar, Markaziy Afrika Respublikasi va Yaman mamlakatlarida kuzatilmoqda.
MDHning qolgan davlatlari quyidagi o‘rinlarni egalladi: Qozog‘iston — 24; Rossiya — 28; Armaniston — 32; Ozarboyjon — 36; Ukraina — 36; Qirg‘iziston — 40; Tojikiston — 67.
Joriy yilda Global ochlik indeksda 121 ta mamlakat ishtirok etdi. Bu indeks har bir mamlakat uchun to‘rtta ko‘rsatkichni jamlash orqali aniqlanadi: to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan vazni me’yordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan bo‘yi me’yordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi.
M.Turdaliyeva, O‘zA