Germaniyada masjid pulemyotdan o‘qqa tutildi
Germaniyaning Saksoniya-Anxalt provinsiyasidagi masjidga pulemyot hujumi uyushtirilgan.
Politsiya xodimlari voqea yuz bergan joyda uch dona o‘q topdi hamda guvohlardan so‘rab-surishtirish orqali masjid qarshisidagi binoda yashovchi 55 yoshli erkak o‘z uyidan masjidga qarata o‘t ochganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Bayonotda aytilishicha, gumonlanuvchi uyidan topilgan ikkita qurol musodara qilingan.
— Yaxshiyamki, hech kim jabrlanmadi, — dedi Germaniya Musulmonlar markaziy kengashi a’zosi. — Muslimlarga nisbatan irqchilik kayfiyatidagi holat nafaqat so‘zda, ba’zan amalda ham uchrab turadi. Ushbu masjidga avval ham xuruj qilishgan.
Hali tergov va so‘roq davom etyapti.
Keyingi yillarda Germaniyada bunday salbiy voqealar biroz ko‘paygan. GFR musulmonlar soni bo‘yicha G‘arbiy Yevropada Fransiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi, 81 million aholiga ega davlat. Mamlakatdagi, qariyb, 4,7 million islom diniga e’tiqod qiluvchilarning 3 millioni turk millatiga mansub.