Germaniya bundestagi saylovida g‘olib ma’lum bo‘ldi
26 sentyabr kuni Germaniya bundestagidan o‘rin olish uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Amaldagi kansler, XDSning sobiq yetakchisi Angela Merkel saylovda ishtirok etmadi.
Barcha okruglar bo‘yicha natijalar hisoblab chiqilgach Sotsial-demokratik pariyasining (SDPG) bundestag saylovida g‘olib bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqi (XDS/XSS) bloki esa o‘z tarixidagi eng past natijani ko‘rsatdi.
SDPG 25,7 foiz ovozni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, XDS/XSS 24,1 foiz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rin 14,8 foizga ega bo‘lgan “Yashillar” partiyasiga tegdi. Ulardan keyingi natijalarni 11,5 foiz bilan Erkin demokratik partiyasi va 10,3 foiz bilan "Germaniya uchun muqobil” partiyasi ko‘rsatdi.
Shunday qilib, XDS/XSS 2017 yilda bo‘lib o‘tgan saylavlardagi natijalaridan 8,8 fiz kam ovoz oldi.