G‘azo janubidagi suv quvuri vayron bo‘ldi
“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, Isroil harbiy samolyoti G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus va Rafoh shaharlarini bog‘lovchi suv quvurini to‘pga tutdi.
Jadal havo hujumi uyushtirilib, hududdagi asosiy yo‘l butunlay yaroqsiz holga keltirildi. Natijada shaharlar orasida avtomobil qatnovi to‘xtadi.
Asosiy yo‘l va suv quvuri bombalanishi Isroil Xon Yunus qamalini kuchaytirayotgani, suv ta’minotini to‘xtatayotgani, yordam va oziq-ovqat mahsulotlari shaharga yetib borishiga to‘sqinlik qilayotganini anglatadi.
Xon Yunusda G‘azo va Shimoliy G‘azodan ko‘chirilgan yuz minglab falastinlik bor. Hozir sektordagi eng gavjum hisoblangan bu shaharda, taxminan, 600 ming kishi istiqomat qiladi.
O‘zA