Gandbol bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
Guliston tumanidagi sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida sportning gandbol turi bo‘yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqada tumandagi Do‘stlik mahallasi yoshlari 3-o‘ringa, Hamid Olimjon mahallasi yoshlari 2-o‘ringa sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Furqat mahallasi yoshlari 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalar a’zolariga musobaqa tashkilotchilarining diplom va qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri