G‘oliblar aniqlandi
Buxoroda tennis bo‘yicha viloyat ochiq chempionati o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlar viloyat tennis federatsiyasi tomonidan rag‘batlantirildi.
Buxoroda tennis bo‘yicha viloyat ochiq chempionati o‘tkazildi. Unda Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarining yuz nafarga yaqin sportchisi g‘oliblik uchun bahslashdi.Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda qashqadaryolik Omad Boboqulov, Ahmad Vahobov, buxorolik Ahadjon Ermatov, Azizbek Luqmonov, xotin-qizlar bahsida mezbon jamoa a’zosi Yekaterina Ilina, qashqadaryolik Madina Hotamova, samarqandlik Milena Amadiyeva hamda Farida Abdullayeva g‘olib chiqdi.
– Shahar va tumanlarimizda sportning olimpiya turlari sirasiga kiruvchi tennisni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib borayotir, – deydi viloyat tennis federatsiyasi ijrochi direktori Bo‘ron Sharipov. – Mazkur chempionat yoshlar o‘rtasida tennisni yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash imkonini berdi.
G‘olib va sovrindorlar viloyat tennis federatsiyasi tomonidan rag‘batlantirildi.