G‘oliblar aniqlandi
Poytaxtimizdagi 12-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida suzish bo‘yicha shahar chempionati o‘tkazildi.
Poytaxtimizdagi 12-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida suzish bo‘yicha shahar chempionati o‘tkazildi.Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 220 nafarga yaqin sportchi suzishning erkin, brass, chalqancha va batterflyay turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida Bekmurod Kenjayev, Denis Titov, Dmitriy Shorin, Iskandar Sa’dullaev, Bogdan Puxnatiy, Artur Ro‘ziyev, Elmurod Sharipov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida Fotima Salex, Muslima Sultonova, Nigina Saidkarimova, Oydin Mirjalilova, Anastasiya Zelinitskaya, Valeriya Murodova, Maftuna Turopova, Sevara Usmoniy birinchi o‘rinni egalladi.