Futzalchilarimiz yirik hisobda zafar quchdi
Toshkent shahridagi "Yunusobod" sport majmuasida futzal bo‘yicha ayollar Osiyo chempionati saralash bosqichining "C" guruhida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi Quvayt termasiga qarshi bahslashdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Feruza Turdiboyeva, Zumradjon Nazarova bittadan gol urgan bo‘lsa, Maftuna Shoyimova xetrikka erishdi. Shu tariqa terma jamoamiz yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng ochkolarini 4 taga yetkazib oldi.
Endi O‘zbekiston ayollar termasi 17 yanvar kuni Avstraliya bilan raqobatlashadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.
[gallery-21285]
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA