Futzal: finalda “Bunyodkor” AGMK bilan oʻynaydi
Bugun poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasida futzal boʻyicha Oʻzbekiston kubogining yarim final bahslari boʻlib oʻtdi.
Bugun poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasida futzal boʻyicha Oʻzbekiston kubogining yarim final bahslari boʻlib oʻtdi.Dastlab maydonga Toshkentning “Paxtakor” hamda amaldagi mamlakat chempioni Olmaliqning AGMK jamoalari tushishdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan oʻyinda AGMK futzalchilari soʻnggi yillarda oʻzlari uchun prinsipial raqibga aylanib borayotgan “Paxtakor”dan 2:1 hisobida ustun keldi.
Ikkinchi yarim final uchrashuvida Toshkentning yana bir vakili “Bunyodkor” klubi Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Bu oʻyinda poytaxt jamoasi bekobodlik raqiblaridan har jabhada ustun ekanligini amalda isbotlab, 4:2 hisobi bilan gʻolib chiqishdi.
Ertaga futzal boʻyicha Oʻzbekiston kubogining final uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Unda Olmaliqning AGMK hamda Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari futzalchilari gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.


